O’zim Haqimda

Men, Sobir To’lagan («sovetcha tahrirdagi» hujjatlarimda va ilmiy ishlarimda Tulyaganov Sabirdjan Tulyaganovich), 1943 yil Toshkent shahrida tavallud topganman, Toshkent Davlat Universiteti (hozirgi O’zbekiston Milliy Universiteti)ning Matematika fakultetini tugallaganman, fizika-matematika fanlari doktori ilmiy daraja sohibiman, asosan Toshkent Davlat Universitetida va O’zbekiston Fanlar Akademiyasining Matematika institutida faoliyat yuritganman.

Hozirda oilamiz bilan AQShda istiqomat qilamiz.